Andijonda chaqaloqni 5000 dollarga pullamoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi (video)
Joylandi: 20.04.2018, 22:19
Andijon viloyatida huquq-tartibot organlari tomonidan yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Tezkor xabarlar» dasturida ma’lum qilindi.
Xabar berishlaricha, tug‘ilganiga 23 kun bo‘lgan chaqaloq viloyatning Buloqboshi tumanida uning onasi va buvisi tomonidan Lobar ismli ayolga 4,5 ming dollar va 4 million so‘m (taxminan 500 dollar)ga sotilayotganida gumonlanuvchilar qo‘lga olingan.
Manba: zamin.uz
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 140 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]