Sergey Lavrov: "100 foiz aniqlik bilan aytamanki, Rossiya va AQSh o‘rtasida urush sodir bo‘lmaydi"
Joylandi: 21.04.2018, 06:59
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh pezidenti Donald Tramp, shuningdek, ikki mamlakat harbiylari jangovar qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga 100 foiz yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qilgan.
«Jangovar qarama-qarshiliklar borasidagi masalaga keladigan bo‘lsak, mening 100 foiz ishonchim komilki prezident Putin hamda Tramp, shuningdek, harbiylar bunga yo‘l qo‘ymaydi. Ular har qalay o‘z xalqi tomonidan saylangan yetakchilardir, ular tinchlik va osoyishtalik borasida xalq oldida javobgar», — deydi Lavrov.
Avvalroq, vazir BBC’ga bergan intervyusida Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar «sovuq urush» davridagidan ham keskinroq ekanligini ma’lum qilgandi.
Aprel oyining o‘rtalarida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Yaqin Sharqdagi vaziyat juda yomon ekanligini, u «xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid uyg‘otayotganini» aytgandi.
Manba: Daryo.uz
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 144 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]