O‘qituvchi bemor onasi tufayli darsdan ketib qolgan o‘quvchisini urmoqda (video)
Joylandi: 21.04.2018, 07:08
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan oyoq kiyimi bilan do‘pposlanishi tasvirlangan video tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Urganch shahridagi Avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kollejida yuz bergan voqea deb nomlangan videoda o‘qituvchi va o‘quvchining ismi familiyalari keltirilmagan. Biroq, undagi suhbatdan o‘qituvchi kimyo va biologiyadan dars berishi, o‘quvchi esa 1-kurs talabasi Sherzod ekani, onasi betobligini bahona qilib, darsdan ketib qolgani, o‘qituvchi esa uni shu tufayli jazolaganini anglash mumkin.
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi suhbatdan taxminan mana shu tarzda kechgan.
O‘qituvchi: «Kecha men shunday siqildim, (ketaman deb) menga aytsang bo‘lardiku?»
O‘quvchi: «Kecha sizni izladim, hech qayerdan topolmadim, keyin...»
O‘qituvchi: «Menga aytsang bo‘ladiku, onam kasal desang, men tushunamanku?»
O‘quvchi: «Tushunib turibsiz, kecha ham onamning ahvoli yomon edi».
(O‘qituvchi oyoq kiyimi bilan uradi)
O‘quvchi: «Meni to‘g‘ri tushuning, onam kasal dedimku?».
O‘qituvchi: «Men tushunyapman, hatto bo‘lim boshlig‘iga aytganman, gruppada shunday bola bor, onasi kasal, har doim onasi «bolamni qo‘llab-quvvatlang» deb aytadi (o‘qituvchi oyoq kiyimi bilan uradi). Sen menga nega aytmay ketding».
(O‘qituvchi oyoq kiyimi bilan uradi).
O‘qituvchi: «Otang qayerda?».
O‘quvchi: «Rossiyada».
O‘qituvchi: «Seni o‘qitmayman, bugunoq yo‘qotaman».
O‘quvchi: «Keyingi yil boshqa gruppaga o‘taman» (o‘qituvchi oyoq kiyimi bilan uradi).
O‘qituvchi: «Seni boshqa guruhga o‘tkazmayman, jinni bo‘libsan, men shu yerda ishlasam, seni boshqa guruhga o‘tkazamanmi? Seni o‘zingni yo‘qotaman. Menga azob berib, boshqa gruppaga o‘tmoqchimisan. Qarab tur, seni kursda qoldiraman, kimyodan qoldiraman, biologiya ham o‘zimniki, undan ham qoldiraman. (O‘qituvchi oyoq kiyimi bilan uradi). Sherzod, seni qoldirib yuboraman! (O‘qituvchi oyoq kiyimi bilan uradi). Boshqa gruppaga o‘tarmish... Qayerdan chiqdi bu gap? (o‘qituvchi qo‘li bilan uradi). Men shu yerda ishlasam, seni boshqa gruppaga o‘tkazmayman, dokumentingni olib, (haydab) yuboraman. (Buni avvalo) mendan so‘raydilar, boshqa gruppaga o‘tish uchun prikaz chiqishi kerak. Kursdan kursga o‘tmadi degan gap - 1-kursni tugatmadi degan gap» (O‘qituvchi oyoq kiyimi bilan uradi).
O‘quvchi: «Qo‘lingizni torting, uyimdagilar ham meni bunday urmagan»
O‘qituvchi: «Uyingdagilar qanday uradi seni ayt, men ham seni shunday uraman»
O‘quvchi: «Uyimdagilar meni urmagan» (O‘qituvchi sochidan tortib, oyoq kiyimi bilan uradi).
O‘quvchi: «Qo‘lingizni torting domla»
O‘qituvchi: «Men uraman seni, bundan oldingi kun nega darsdan qochding»
O‘quvchi: «Qochmadim domla»
O‘qituvchi: «Undan oldingi kun, shanba kuni qayerga ketding?».
Manba: zamin.uz
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 150 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]