Kofe «uchtasi birda»: uch barobar ta’mmi yoki uch barobar aldov?
Joylandi: 21.04.2018, 15:18
«Roskontrol» mamlakatda sotuvda bo‘lgan yettita brendning «uchtasi birda» kofelarini tekshiruvdan o‘tkazdi va bunday mahsulotda kofe deyarli yo‘qligini aniqladi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berilgan.
Mutaxassislar «BonKafe Classic», «Petrovskaya Sloboda», Jacobs, Express coffee mix plus+, MacCoffee, Nescafe Classic va Clever kofelarini tekshirgan. Asosiy ingredient shakar bo‘lib chiqqan. Uning hissasi 42 foizdan 72 foizgacha bo‘lgan. Kofe esa 15 foizdan kamroqni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, bunday kofelarda quruq sut yoki qaymoq ham topilmagan. Barcha namunalarda ularning o‘rnini bosuvchilari aniqlangan.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 141 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]