Toshkentda 89.400 AQSh dollarini o‘margan xaker qo‘lga olindi
Joylandi: 21.04.2018, 21:45
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIB, dasturchi mutaxassis bo‘lib ishlaydigan fuqaro bank hisob raqamidan ko‘p miqdordagi pullarni o‘marganini aniqlagan, deb yozmoqdaUzNews nashri.
Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida 20 aprel kuni tuman IIBga tushgan xabarga ko‘ra, 2017 yil yanvar oyidan noyabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Qorasuv bo‘yi ko‘chasi 117-uyda yashovchi, “Fido Biznes” MChJ yetakchi dasturchi mutaxassisi, 1982 yilda tug‘ulgan I.Muxametxanov kompyuter tizimiga g‘ayriqonuniy yo‘l bilan kirib, bank hisobidagi raqamdan 89.400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni konversion kartalarga o‘tkazish yo‘li bilan yashirin ravishda o‘g‘irlaganligi ma’lum bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, I.Muxametxanov hozirda qo‘lga olingan.
Manba:zamin.uz
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 161 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]