Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani H. A. pora olayotgan paytda qo‘lga tushdi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, universitet O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani H. A. boshqa fakultetga talaba «olib kirish»ni va’da berib, 200 AQSh dollarini pora sifatida olayotganda qo‘lga tushgan. Aniqlanishicha, voqea 19 aprel kuni yuz bergan. Ayni paytda H. A.ga nisbatan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.
Bundan avval, ayni shu oliy ta’lim muassasasida Rus filologiyasi fakulteti kafedra mudiri sifatida ishlagan Roza Mambetova ham pora bilan qo‘lga olinib, pedagogik ishlardan chetlashtirilgandi.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 145 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]