Putin obro‘sizlantiruvchi saytlarni bloklashga ruxsat berdi
Joylandi: 24.04.2018, 07:08
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sud pristavlariga fuqarolar va tashkilotlarni obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlarni o‘chirishdan bosh tortgan saytlarni bloklashni talab qilishga ruxsat berdi.
Qonunga ko‘ra, jabrlanuvchi bunday ma’lumotlar o‘chirilishini talab qilishi mumkin. Agar sayt sudning talabini inobatga olmasa, sud pristavi saytning bloklanishi haqida qaror chiqarib, uni Roskomnadzorga yubora oladi.
Qonun mualliflarining fikricha, “qonunning amalga oshirilishi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan salbiy ma’lumotlarning tarqatilishi oqibatida obro‘si, sha’ni va nomiga putur yetgan shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoyalashga ko‘mak beradi”.
Manba:zamin.uz
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 154 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]