Toshkentda bankomatni buzib, ichidagi pullarni o‘g‘irlab ketishdi
Joylandi: 24.04.2018, 19:56
O‘g‘irlik Toshkent shahrining Olmazor tumanida 23 aprel kuni soat taxminan 03.00 da, surxondaryolik 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan sodir etilgan.
Surxondaryo viloyati Boysun tumani O‘rmonchi mahallasida yashovchi, 1991 y.t. R.Boltayev va O‘rta machay mahallasida yashovchi 1993 y.t. Sh.Eshqobilovlar Farobiy ko‘chasi “Nixol” kafesi oldida joylashgan “Global techno payment” MChJga tegishli (bankomat) to‘lov terminal apparatini buzib ochib, ichidan 3 mln 354 ming so‘m pullarni o‘g‘irlab ketganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida R.Boltayev va Sh.Eshqobilovlar ushlanganlar.
Manba:zamin.uz
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 138 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]