Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Kremlda Telegram messenjeri bilan vaziyatda hech kim jabrlanmasligini xohlashmoqda. Bu haqda RIA «Novosti»ga tayanib KUn nashri xabar berdi.
«Albatta, biz bu ishga aloqasi bo‘lmagan odamlar jabr ko‘rmasligiga umid qilmoqdamiz. Albatta, biz vaqti kelib bu vaziyat barcha kerakli texnik vositalar bilan shunday tartibga solinishidan umid qilmoqdamizki, bunda, bir tomondan messenjerga nisbatan sud qarori bajarilishi lozim, boshqa tomondan esa, - bu qandaydir boshqa funksiyalar, yoki servislar, dasturlar, ilovalarga tegishli bo‘lmasligi darkor», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sud qarorining bajarilish samaradorligini baholash Kreml vakolatiga kirmaydi, bloklanish esa Roskomnadzor talablari bajarilmagunga qadar davom etadi.
«Biz umid qilamizki, balki, qachonlardir bu talablar messenjer tomonidan bajariladi, hamda u qaytadi. Samaradorlikni baholashga keladigan bo‘lsak, bu bizning ish emas», - deya ta’kidlab o‘tdi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roskomnadzor Telegram ishiga ko‘mak ko‘rsatayotgan barcha resurslarni bloklamoqchi ekani xabar berilgandi.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 148 | Joyladi: JasOy
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]