YECHL. “Real Madrid” bugun final yo‘llanmasi uchun “Bavariya”ga qarshi maydonga tushadi
Joylandi: 25.04.2018, 12:40
Kecha, 24 aprel sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali dastlabki uchrashuvi doirasida “Liverpul” o‘z maydonida “Roma”ni qabul qildi.
Bellashuv Klopp shogirdlarining yirik 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugallandi.
Bugun, 25 aprel sanasida ikkinchi yarim final juftligida “Bavariya” o‘z maydonida Madridning “Real”ini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti 23:45 da boshlanishi belgilangan. O‘yin Futbol-TV telekanali tomonidan jonli efirda namoyish etiladi.
Qur’aga ko‘ra yarim finalning dastlabki o‘yinlari 24—25 aprelda, javob bahslari 1—2 may kunlari o‘tkazilishi belgilangan. Final 26 may kuni Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yevropa Chempionlar Ligasi
1/2 final dastlabki bellashuvi
24 aprel, seshanba
“Liverpul” — “Roma” 5:2
Gollar0 – 35 Saloh, 2:0 – 45 Saloh, 3:0 – 56 Mane, 4:0 – 61 Firmino, 5:0 – 68 Firmino, 5:1 – 81 Jeko, 5:2 – 85, penalti Perotti.
25 aprel, chorshanba
“Bavariya” — “Real Madrid”23:45 Futbol-TV
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 168 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]