Samsung kompaniyasi 2019-yilning boshlarida egiluvchan smartfon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 3 ta ekranga — bitta tashqi va 2 ta ichki ekranga ega bo‘ladi. Ushbu ma’lumotdan foydalangan AndroidLEO dizaynerlari yangi modelning konseptini ishlab chiqdi va uning videosini taqdim etdi, deya ma’lum qiladi Hi-Tech.Mail.Ru.
Videodagi qurilmada ikkita displey mavjud. Birinchisi — bu 6,4 dyuymli UHD-displey bo‘lib, u “murakkab” rejimda ishlaydi. Ikkinchi va uchinchisi — 6,5 dyuymli QHD-displeyi esa gadjet ochilib, Galaxy X noutbukka aylantirilganida yoqiladi.
Noutbuk rejimida uni 360 darajaga burish mumkin. Konseptning to‘liq funksional klaviaturasi mavjud bo‘lgani sabab, odamlar Galaxy X’dan xuddi noutbukdan foydalangandek bo‘ladi. Smartfon rejimida qurilma yengilashtirilgan Windows 10 operatsion tizimida ishlaydi.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 166 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]