Shavkat Mirziyoyev: “Fuqarolarimiz nima uchun sharoit yo‘q joyda yashashi kerak?”
Joylandi: 26.04.2018, 22:44
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Obod qishloq” dasturiga muvofiq qishloqlarni obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish va jadallashtirish, bu borada mutasaddi rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish muhokama qilindi.
“Obod qishloq” dasturini o‘zim o‘tkazganimning eng katta ma’nosi – tuman, viloyatdagi to‘rt rahbarning barchasi kabinetni qulf-kalit qilib, pastga, qishloqma-qishloq, mahallama-mahalla yurishi kerak. Bir kun bir odamni rozi qilsak, bitta ish joyini yaratsak - o‘sha ham muvaffaqiyat. Mana shuni hamma eshitib olsin. Hech kim endi yashirib hech narsadan qutula olmaydi. So‘nggi yillarda qishloqlarni obodonlashtirish bo‘yicha biron-bir amaliy ish qilinmagan, bunga moliyaviy manbalar ajratilmagan.
Endi faqat ish bilan xalqimizning ishonchiga kirishingiz mumkin. Yashirish, svodka, ura-ura bilan hech kim hech qayerga bora olmaydi. Fermer xohlasa xalqimizni boqayotgan yerga uy qurib oladi – na kadastr, na prokuror, na tuman hokimligi, na soliq hech narsa qilmaydi. Bu nimadan dalolat? Bular befarq odamlar. Nimadan dalolat? Korrupsiya, poraxo‘rlikdan. Yer sotilyapti... Yaqinda yer sotish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar bejiz emas. O‘zboshimchalik bilan qurib olish oddiy holatga aylangani, bizda davlat degan tizim davlatchiligini qilmagandan, adolat degan tizim adolatsizlik bo‘lgani uchun odamlar bizdan norozi. Davlatdan norozi!
Qo‘chqorovning (moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov - tah.) o‘zi chiqib ko‘rdi. Odamlarda ish yo‘qligi mayli, yashash joyi yo‘q! Bolalarni chakki tomib yotgan, zax uylarda qanday tarbiya qilsa bo‘ladi? Qani ma’naviyat, balandparvoz gaplar? Sakkiz foiz, boshqalar qani?» – dedi Mirziyoyev.
Manba:zamin.uz
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 139 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]