O‘zbekiston yo‘llari asfaltdan voz kechib, betonga o‘tkaziladi
Joylandi: 28.04.2018, 08:56
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tkazilgan xatlovlar natijasiga ko‘ra, 440 km avtomobil yo‘llarda kapital ta’mirlash va 2161 km yo‘llarda joriy ta’mirlash ishlarini olib borish rejalashtirilgani haqida gapirib ma’lumot berdi. Davlat rahbari bu haqda 26 aprel kuni tashkillashtirilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilgan.
«Bugungi kunda kapital ta’mirlanadigan yo‘llarni loyihalashtirish, joriy ta’mirlanadigan yo‘llarni baholash ishlari amalga oshirilmoqda. Avtomobil yo‘llar davlat qo‘mitasi (Abduvaliyev) bir hafta muddat ichida barcha qishloqlardagi yo‘llarni (Inventarizatsiyadan o‘tgan 368ta manzil nazarda tutilmoqda - tahr.) ta’mirlash va yo‘l atrofini obodonlashtirish ishlariga tayyorgarlikni to‘liq yakunlab, ishlarni boshlash lozim.
Bitta narsani aytishimiz kerak, hamma yerni asfalt qila olmaymiz. Qirq yilda qilinmagan ishlar bir yilda bajarilmaydi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, asfaltdan asta voz kechishimiz kerak. Muqobil tanlov sifatida beton yo‘llarni tanlaymiz», deydi prezident.
Shavkat Mirziyoyev qo‘mita raisiga topshiriq berarkan, tor yo‘llar chetidagi lotoklar samarasiz vositaga aylanib borayotganini ta’kidladi.
“Suv yo‘q, tabiatning o‘zida suv qolmagan. Tor yo‘lda lotok nima qilsin”, deb aytadi davlat rahbari.
Manba:zamin.uz
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 154 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]