AQSh va KXDR yetakchilari o‘rtasidagi uchrashuv Mo‘g‘ilistonda tashkil etiladi
Joylandi: 30.04.2018, 17:27
AQSh prezidenti Donald Tramp vaKXDR yetakchisi Kim Chen In o‘rtasidagi shu yil may oyi oxiri — iyun oyi boshiga mo‘ljallanayotgan uchrashuv katta ehtimol bilan Mo‘g‘ilistonda o‘tkazilishi mumkindeya yozmoqda“Izvestiya” nashri xabariga tayanib Xalq so‘zi nashri.Uchrashuv joyi Ulan-Bator shahrida bo‘lishi imkoniyati kattaligi aynan Mo‘g‘iliston ham AQSh, ham Shimoliy Koreya bilanteng do‘stona aloqalar olib borishi bilan izohlanmoqda. O‘z navbatida, masalaning yana bir texnik sababi bor. Ekspertlarning aytishicha, Pxenyan aviaparkiningeskirib qolganligi ushbu davlat rahbarining Shvetsiya yoki Shveysariyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib borishiga imkon bermaydi.Eslatib o‘tamiz, ikki yetakchi o‘rtasidagi tarixiy muzokaralarga mezbon bo‘ladigan manzil haqidataxminlar bildirish Donald Tramp Kim Chen In bilan uchrashishga tayyor ekanligini ma’lum qilgandan so‘ng boshlanib ketgandi.“Bugun bu joy aynan Mo‘g‘iliston bo‘lishi haqiqatga juda yaqin. Kimtaklif etgan Pxenyanga Tramp ichki siyosat nuqtai nazaridan borishni xohlamasa, Kim esa Seulga bormaydi”, — deydi Janubiy koreyalik yuqori martabali diplomat.Xabaringiz bor, Donald Tramp yaqinda Kim Chen Inning denuklerizatsiya haqidagi so‘nggibayonoti ortida belgilangan muhokamalarda katta muvaffaqiyatga erishilishidan umid qilayotganini ta’kidlab o‘tgandi.Eslatib o‘tamiz, ilgari Tramp va Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv Shvetsiya, Shveysariya va Osiyodagi nomi e’lon qilinmagan uchta davlatda tashkil etilishi mumkinligi qayd etilgandi. Mazkur ro‘yxatdan Pekin, Seul, Pxenyan va Koreya yarim orolidagi chegara hududi hisoblangan Pxanmunjom nomlari chiqarib tashlandi. AQSh prezidentining aytishicha, ayni paytga kelib nomzod mezbonlar soni 2-3 tagacha qisqartirilgan.Ammo “Izvestiya” nashrining shu bo‘yicha yo‘llagan murojaatiga Mo‘g‘iliston tashqi ishlar vazirligi tezkor sharh taqdim eta olmadi.AQSh va KXDR bilan teng munosabatda bo‘lib kelayotgan yana bir davlat sanalgan Singapurham nomzod mezbonlarning toraytirilgan ro‘yxatiga kiritilgan. Bunda nafaqat logistika (Pxenyandan bu yerga bemalol uchib kelish mumkin), balki siyosiy jihatdan ham nuqtai-nazarlar inobatga olingan. Yana bir muhim jihati, Singapur yirik va ko‘p sonli xalqaro uchrashuvlarni o‘tkazishda katta tajriba hamda zarur infratuzilmalarga ega. Xususan, 2015 yilda XXR va Tayvan yetakchilari o‘rtasidagi tarixiy muzokaralar aynan shu davlatda tashkillashtirilgandi.Biroq Singapur ham “Izvestiya” gazetasi murojaatiga aniq javob bermay, balki o‘z tashqi ishlar idorasi rahbari Vivian Balakrishnanning “Bi-bi-si” axborot manbasida qilgan chiqishini ilova qildi. O‘shanda u biror davlat yuqori darajadagi uchrashuvni qabul qilish bo‘yichaSingapurga hali murojaat etmaganini aytgandi hamda “mamlakat esa o‘zini-o‘zi mezbonlik maydoni sifatida taklif qilib, parovoz oldiga tushib yugurishni istamagan bo‘lardi”, – deya ta’kidlab o‘tgandi.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 173 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]