Olimlar meteoritni o‘rganish jarayonida ichidan olmoslar jamlanmasini topishdi
Joylandi: 22.04.2018, 08:20
Tadqiqotlar Sudanda 2008 yili topilgan meteorit ustida tashkil etilgandi. Ichida olmoslar jamlanmasi bor ekan. Hisob-kitoblar bu olmoslar 4, 5 milliard yillik tarixga ega ekanini ko‘rsatdi. Olmoslarning o‘zi esa bir nechta kristallardan tashkil topgan. Ular o‘ta kuchli bosim ostida paydo bo‘lgan.
Mutaxassislar elektron mikroskoplarni ishga solgan holda meteorit tarkibida olmosdan tashqari yana xromit, fosfat, temir-nikelli sulfidlar ham mavjudligiga guvoh bo‘lishdi. Ularning qurilishi va morfologiyasi 200 gigapaskalli quvvatga ega bosim ta’sirida tashkil topgan.
Bu dengiz sathidagi atmosfera bosimidan 200 ming marotaba kuchlidir. Sababi, yer ostidagi olmoslar atigi 4, 5 gigapaskalli quvvatga ega bosim ta’sirida paydo bo‘ladi.
Manba: zamin.uz
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 170 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]